

Bu haqda insayder Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Red Bull"ning futbol yo'nalishi rahbari lavozimini egallab turgan mutaxassisning shartnomasida band mavjud bo'lib, unga ko'ra, agar Germaniya terma jamoasidan taklif olsa, u kelishuvni bir tomonlama bekor qilishi mumkin.
Bundan oldin insayder Fabricio Romano Klopp agar tegishli taklif olsa, faoliyatini Germaniya terma jamoasida davom ettirishdan manfaatdor ekanini xabar qilgan edi. Nemislar amaldagi bosh murabbiy Yulian Nagelsman qo'l ostida JCH-2026ning 1/16 final bosqichida Paragvayga imkoniyatni boy berib (1:1, penaltilar bo'yicha 3:4), musobaqani tark etishdi.



