

Bu haqda "A Bola" nashri xabar bermoqda.
Yuzaga kelgan vaziyat sababli Portugaliya futbol federatsiyasi rahbari Pedru Proensa Kopengagenga yetib keldi. Bu yerda 1 oktyabr kuni Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi maydonga tushadi. Mahalliy manbalarning ma'lumotiga ko'ra, uch tomonlama muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan, muhit ijobiy bo'lgan va kelishmovchiliklarga barham berilgan.
Avvalroq, murabbiy hujumchiga ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushirib, yarim soat imkoniyat berishini aytgani haqida xabar berilgan edi. Ronaldu chigal yozdi mashqlarini bajargan, ammo baribir maydonda ko'rinish bermagan. Bu futbolchining oxirgi 18 yil ichida rasmiy o'yinda maydonga tushmagani bilan bog'liq ilk holat bo'ldi. Final xushtagidan so'ng Ronaldu noroziligini yashirib o'tirmadi va muxlislarga minnatdorchilik bildirmasdan to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi. 29 sentyabr kuni forvard jamoaviy mashg'ulotlarni e'tiborsiz qoldirib, trenajyor zalida yakka tartibda shug'ullandi.



