Angliya terma jamoasi bir kishi kam bo'lib qolgan Chexiyani mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
30 sen 2026, 01:55
UEFA Millatlar ligasi (A liga) guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Chexiya va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Ushbu o'yinda inglizlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuv Chexiyaning Praga shahridagi "Fortuna Arena" stadionida bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Turkiyadan Xalil Meler ishladi.

25-daqiqada Chexiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pavel Shulc qizil kartochka oldi. 47-daqiqada Entoni Gordon hisobni ochdi va inglizlarni oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada Garri Keyn Angliya terma jamoasi ustunligini oshirdi.

Chexiya - Angliya 0:2

Gollar: Gordon 47, Keyn 69.

Chetlatish: Shulc 25.

Ushbu o'yindan so'ng Chexiya terma jamoasi ochko jamg'armagan holda C guruhi turnir jadvalini yakunlab turibdi, Angliya milliy jamoasi esa uch ochko bilan ikkinchi o'rinda joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia