Jorje Jezush Ronaldu bilan kelishuvni buzdi

29 sen 2026, 08:04
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush UEFA Millatlar ligasi 2-turidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi o'yinda (2:1) hujumchi Krishtianu Ronalduni maydonga tushirmasdan, futbolchi bilan o'rtalaridagi kelishuvni buzdi.

"Now Canal" efirida "Record" gazetasi ijroiya direktori Pedru Souza ma'lum qilishicha, ushbu kelishuvga avgust oyida, kuzgi o'yinlar uchun tarkib e'lon qilinguniga qadar erishilgan edi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga aynan Jezushning tayinlanishi uchun katta harakat qilgan. Ammo keyinchalik vaziyat tomonlar kelishib olgandek rivojlanmadi. Murabbiy va futbolchi hujumchining maydondagi daqiqalarini meyorlashtirib borishga kelishib olishgan edi va rejaga ko'ra Ronaldu o'tgan uchrashuvda 30 daqiqa harakat qilishi kerak edi, ammo u umuman maydonda ko'rinish bermadi.

Xabar qilinishicha, Jezush erishilgan kelishuvlarga zid ravishda harakat qilishni boshlagan va endi u bunday o'zgarishlarning sabablarini tushuntirib berishi shart. Kelishuvning buzilishi, ayniqsa Ronalduning Jezushni murabbiylikka tayinlashdagi ta’sirini hisobga olganda, ko'plab savollarni keltirib chiqardi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Now Canal