

25 yoshli futbolchi 54-daqiqada g'alaba to'pini kiritdi.
"Har bir lahza muhim. Eng asosiysi - meni chaqirishganda nimalarga qodir ekanimni ko'rsatish va jamoaga foyda keltirish. Bu mehnatimning, jamoaga nima bera olganimning namoyishi bo'ldi - nafaqat gollar, balki maydonda bajaradigan barcha ishlarim.
G'alaba doimo eng muhimi hisoblanadi. Norvegiya kabi jamoaga qarshi safarda o'ynash yanada qiyinroq. Bu og'ir safar bahsida qo'lga kiritilgan ajoyib g'alaba bo'ldi. Bu ajoyib boshlanish edi. Biz birgalikda ishlayapmiz va murabbiyning g'oyalarini yaxshi qabul qilyapmiz. Bundan keyin yanada kuchayish va kamchiliklarni bartaraf etish kerak. Har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz. Doimo har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga bor e'tiborimizni qaratamiz", – dedi hujumchi.
Portugaliya terma jamoasi (2 o'yindan keyin 6 ochko) Millatlar Ligasi “A” divizioni 4-guruh jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 1 oktyabr kuni ular safarda Daniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.



