

Jamoaning kechagi mashg'ulotlari qizg'in ruhda o'tdi va yakunda terma jamoaga ilk bor chaqirilgan "Neftchi" himoyachisi Nurmuhammad Abdug'aniev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Terma jamoaga chaqirilganimdan xursandman. 19 yoshimda bu hissiyotlar ajoyib, o'zimni ko'rsatishga harakat qilmoqdaman. Imkoniyat berilsa, yaxshi o'ynashga bor kuchimni beraman. Albatta, oldimda Abduqodir Husanov va Abbos Fayzullayevlar yoshlarga yordam berishmoqda. Shu bois jamoaga kirishib ketish qiyin kechmadi. Terma jamoada muhit ajoyib, yoshlar va kattalar bir-biri bilan ahil", - deydi Nurmuhammad Abdug'aniev.
- "Neftchi"dan faqat siz chaqirildingiz. Vaholanki, yarim jamoa termaga loyiq edi. Bu siz uchun qanchalik kutilmagan bo'ldi?
- Albatta, ko'pchilik chaqirilishini kutgandim. "Neftchi" - chempion jamoa, hozirda birinchi o'rinda bormoqda. Faqat bitta o'zim chaqirilishimni kutmagandim.



