

"Men ovoz bermayman va kim g'alaba qozonganini bilmayman. Men hech narsani bilmayman. Faqat kutish va o'ynashda davom etish qoladi. Oxir-oqibat, men faqat ushbu "Oltin to'p" uchun o'ynamayapman. Men o'zim uchun, muxlislar uchun, keyingi mavsum uchun, terma jamoa uchun - g'alaba qozonishda davom etish uchun o'ynayapman", - deydi Yamalning so'zlarini "Marca" nashri.
19 yoshli ispaniyalik futbolchi nufuzli individual mukofotga da'vogarlar qatoridan o'rin olgan. Ovoz berish bosqichi yakunlandi, shuning uchun Yamalga faqat natijalarni kutish qoladi, xolos.
Kecha forvard Ispaniya terma jamoasiga Xorvatiyani yirik hisobda mag'lub etishga yordam berdi (4:1). Yamal raqib darvozasini ikki bor ishg'ol etdi.
"Oltin to'p" sohibi 26 oktyabr kuni Londondagi marosimda e'lon qilinadi.



