Rossiya terma jamoasi Golovinning dubli evaziga Eronni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
30 sen 2026, 02:12
Rossiya va Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini yakunlandi.

Uchrashuv Qozondagi "Ak Bars Arena" stadionida bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev ishladi. O'yin 2:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

21-daqiqada Rossiya terma jamoasi sardori Aleksandr Golovin hisobni ochdi. 36-daqiqada Golovin jarima zarbasidan gol urib, dublni rasmiylashtirdi.

O'rtoqlik o'yini

Rossiya - Eron 2:0

Gollar: Golovin 21, 36.

Rossiya: 39.Safonov, 30.Vaxaniya, 3.Diveev, 14.Melyoxin, 4.Krugovoy, 11.Batrakov, 31.Kislyak, 27.Oblyakov, 67.Glushenkov, 10.Tyukavin, 17.Golovin.

Eron: 22.Huseyni, 23.Rezaeyan, 2.Hardani, 4.Xalilzoda, 19.Nemati, 17.Yusefi, 29.Mohebi, 16.G'orbani, 6.Ezatolahi, 9.Taremi, 20.Azmun.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia