Yamalning dubli Ispaniya terma jamoasiga Xorvatiyani yirik hisobda mag'lub etishga yordam berdi

Aslanov Jasurbek
30 sen 2026, 01:49
Millatlar ligasi (A liga) guruh bosqichi 2-turi doirasidagi Ispaniya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Uchrashuv Sevilyadagi "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Syerdar Gyozyubyuyuk ishladi. O'yin 4:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv boshida Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal hisobni ochdi. 28-daqiqada mehmonlar hujumchisi Dion Belyo muvozanatni tikladi. Uch daqiqadan so'ng himoyachi Mark Pubil "La Furiya Roxa"ni oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Yamal dublni rasmiylashtirdi. Bahs yakunida Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

Ispaniya - Xorvatiya 4:1
Gollar: Yamal 2, Pubil 31, Yamal 63, N. Uilyams 89 - Belyo 28.

Ispaniya: Simon, Pubil, Kubarsi, Xyoysen, Kukurelya, Subimendi, Ruis, F. Lopes, Yamal, Baena, Oyarsabal.

Xorvatiya: Livakovich, Smolchich, Pongrachich, Gvardiol, Shutalo, Kovachich, Perishich, Suchich, Pashalich, Belo, Mishich.

Guruh bosqichining navbatdagi turida Ispaniya 3 oktyabr kuni Chexiya bilan uchrashadi, Xorvatiya esa shu kuni Angliyaga qarshi o'yin o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia