Pedru Netu: "Himoyada juda mustahkam harakat qildik"

Sherzod Nurmatov
28 sen 2026, 17:00
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Pedru Netu Millatlar Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida safarda Norvegiya terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Bu yuqori toifali futbolchilarga va katta shiddatga ega jamoaga qarshi juda og'ir bahs bo'ldi. Ular juda yuqori va faol pressing qilishdi, biz esa buni yaxshi uddaladik. Vaqti-vaqti bilan, ehtimol, birinchi bo'limning oxirlarida ular nazoratni biroz ko'proq qo'lga olishga muvaffaq bo'lishdi, ammo biz bardosh berdik.

Bu o'tkazib yuborilgan golga beriladigan eng yaxshi javoblardan biridir. Gonsalu Ramushning goli bundan darhol keyin urildi.

Himoyada juda mustahkam harakat qildik. Ehtimol, qandaydir lahzalarda to'p bizda bo'lganida o'yinni sal ko'proq nazorat qilishimiz mumkin edi, biroq bu futbolning bir qismi. Bu erga kelib, bunday shiddat bilan o'ynaydigan jamoaga qarshi bahsni nazorat qilish oson emas. Ham himoyada, ham hujumda yaxshi o'yin namoyish etdik", – dedi 26 yoshli futbolchi.

Portugaliya terma jamoasi (2 ta o'yindan keyin 6 ochko) Millatlar Ligasi “A” divizioni 4-guruh jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 1 oktyabr kuni ular safarda Daniya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif