

Bu haqda Cabine Desportiva o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.
Manba xabariga ko'ra, 41 yoshli forvard "Malmyo" stadionida gimnastika mashqlarini bajarish uchun zarur bo'lgan uskunalar yo'qligi sababli mehmonxonada maxsus mashg'ulot o'tkazgan.
27 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi o'yinda Norvegiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ronaldu butun uchrashuvni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Yakuniy hushtak chalingach, milliy jamoa sardori darhol tribunaosti xonasiga chiqib ketdi.



