

- O'yin kutganimizdek qiyin kechdi. "Al Ahli" juda kuchli va tajribali jamoa. Havo harorati va yuqori namlik ham qiyinchilik tug'dirdi. Shu sababli taanffusdayoq o'zgarishlar boshlandi. Gol urganimizdan keyin ikkita qarshi hujum uyushtirdik, ammo foydalana olmadik. Bellashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi. Mezbonlar ham golga arzirli o'ynashdi, lekin golli imkoniyatlarimiz bo'lgandi.
"Al Ahli"da o'zgarishlar bo'lganini bilamiz. Lekin bellashuvga hozirlik ko'rishda o'z futbolimiz haqida bosh qotirdik. Mezbonlar murabbiyini "Shaxtyor"dagi faoliyatidan bilaman. Unga yangi jamoasida barchasini o'zgartirish uchun vaqt kerak.



