“Paxtakor” murabbiyi va futbolchisi “Al Ahli”ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida nimalar dedi?

13 sen 2026, 17:13
Ertaga Elit OCHL 1-tur doirasidagi “Al Ahli” - “Paxtakor” o'yini bo'lib o'tadi.

Bahs oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida “sherlar”da murabbiy Emilian Karas va yarim himoyachi Ibrohim Ibragimov ishtirok etdi.

Karas: “Biz musobaqaning guruh bosqichini boshlayotganimizdan xursandmiz. Jiddaga uzoq parvoz bilan yetib keldik. Jamoamiz o'yinga yaxshi tayyorlandi. "Al Ahli"ning kuchli klub ekanini bilamiz. Ularning safida yuqori saviyali futbolchilar ko'p. Shunga qaramay, ertaga yaxshi o'yin namoyish etishga intilamiz. Bir maqsad sari yakdil jamoaga aylanamiz. Ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz”.

Ibragimov: “Elit Chempionlar Ligasi guruh o'yinlari boshlanayotgani bilan barchani tabriklayman. Raqibimizni yaxshilab o'rganib chiqdik. Ertangi bellashuv biz uchun oson bo'lmaydi. "Al Ahli" juda kuchli jamoa. Lekin biz maydonda borimizni bergan holda ijobiy natijaga erishish uchun urinamiz”.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати