La Liga oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlarni e'lon qildi

30 okt 2026, 00:15
La Liga matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasi orqali oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni ma'lum qildi.

Mukofot uchun quyidagi futbolchilar da'vogarlik qilmoqda:

Kilian Mbappe ("Real Madrid") - La Ligadagi 3 ta o'yinda 4 ta gol.

Lamin Yamal ("Barselona") - 3 ta uchrashuvda 1 ta gol va 2 ta golli uzatma.

Alexandro Grimaldo ("Atletiko Madrid") - 3 ta o'yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatma.

Gonsalu Gedesh ("Real Sosedad") - 3 ta uchrashuvda 2 ta gol va 1 ta golli uzatma.

Matias Dituro ("Elche") - 3 ta o'yinda darvozasidan gol o'tkazmadi.

Oyning eng yaxshi futbolchisi muxlislar ovoz berishi natijalariga ko'ra aniqlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: laliga.com