

The Athletic nashri ma'lumotiga ko'ra, mankunianliklar e'tiborini tortgan futbolchilardan biri "Lids" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin hisoblanadi. 29 yoshli angliyalik futbolchi bir muddatdan beri "Manchester Yunayted" skautlari kuzatuvida bo'lib, klub uni qishki transfer oynasida jamoaga olib kelish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Biroq "Lids" futbolchini sotish niyatida emas va u bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda. Kalvert-Lyuinning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Hujumchi joriy mavsumda APLning 8 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi. U o'tgan mavsum Angliya chempionatida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol muallifi bo'lgan.



