"Paxtakor" ustozi kechagi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi

27 okt 2026, 07:50
O'yindan keyin "Paxtakor" murabbiyi Emilian Karas matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bahsdan avval maydon muammo tug'dirishi mumkinligini bilardik. Bu yerda kam xato qilgan jamoa yutardi. Afsuski, biz bunga yo'l qo'ydik va raqib bundan foydalandi. Maydonga moslashib o'ynay olmadik. Ushbu maydonda futboldan ko'ra regbi o'ynash mumkin.

Mezbonlarda g'alabaga xohish juda yuqori bo'ldi. Butun jamoa oxirgi daqiqagacha shunga harakat qildi. Futbolda ham hayotdagi kabi yaxshi va yomon lahzalar bo'ladi. Bu barchada yuz beradi. Hozir ruhiy tushkunlikdan chiqishga intilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: pakhtakor.uz