Emilian Karas "Paxtakor"da Kamoliddin Tojievga yordam beradi

Alisher Ostonov
18 yanv 2026
Emilian Karas "Paxtakor" yordamchi murabbiyiga aylandi.

"Emilian Karas "Paxtakor"da Kamoliddin Tojievga yordam beradi.

2020 yildan Mircha Lucheskoning asosiy yordamchilaridan biri bo'lgan mutaxassis "Dinamo" (Kiev)da 2020 yildan beri faoliyat olib borib kelgan. Ukraina chempioni "Alaniya", "Kuban", "Dinamo" (Moskva), Qatarning "Al Arabi" va BAAning "Al Nassr" jamoalarida ham yordamchi murabbiyi lavozimida ishlagan.

Moldovalik mutaxassis futbolchilik faoliyatida himoyachi ampluasida to'p tepgan va asosiy karerasini o'z mamlakatida o'tkazgan. 1991 yil Paxtakor Markaziy stadionida jamoamizga qarshi maydonga chiqqan.

"O'z paytida Sobiq Ittifoqning, bugungi kunda Osiyoda o'z o'rniga ega O'bekistonning eng zo'r jamoasida faoliyat olib borish men uchun zavqli bo'ladi. Bosh murabbiyga qo'ldan kelgancha yordam beraman. Niyatim, jamoamga nafim tekkan holda mamlakati chempionligini qo'lga kiritish", - deydi Emilian Karas", - deyiladi klub xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати