"Paxtakor" murabbiyi Emilian Karas: "Maydonda jang bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 23:26
Elit Chempionlar Ligasi 3-turidan avval "Madina Xalqaro" stadionida matbuot anjumanida "Paxtakor" vakillari Emilian Karas va Bashar Resan qatnashdi.

Karas: - "Eyr Fors" juda yaxshi jamoa va ertangi bellashuv juda qiyin kechishini kutyapmiz. Ular juda tartibli va uyushqoq holda o'ynashadi. Himoyada raqibga bo'sh hudud qoldirmaslikka intilishadi. Shu sababli maydonda jang bo'ladi.

Futbolda barcha jamoa g'alaba qozonishni istaydi. Buni xohlamagan murabbiy yoki futbolchining o'zi yo'q. Biz yutuq uchun maydonga tushamiz. Maydonda nimalar bo'lishini o'yin ko'rsatib beradi.

Resan: - Bu yerda ekanimizdan xursandman. Sobiq jamoamga qarshi o'ynayman. "Paxtakor"ni iliq kutib olishgani uchun rahmat aytaman. "Eyr Fors" Iroqning eng kuchli klublaridan biri va doimo Osiyo klublar musobaqalarida ishtirok etadi. Ertaga juda qiziqarli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Biz g'alaba uchun harakat qilamiz, uch ochko bilan uyga qaytsak yanada xursand bo'lardik.

photo_2026-10-25_22-36-50.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати