

16 yoshli yarim himoyachi Angliya Liga kubogi doirasida "Flitvud Taun"ga qarshi o'yinning 85-daqiqasida qizil kartochka olgan edi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa "Arsenal" 3:5 hisobida mag'lub bo'ldi.
Londonliklar futbolchiga berilgan jazoni haddan tashqari og'ir deb hisoblab, qaror ustidan shikoyat qilgandi. Biroq mustaqil nazorat komissiyasi "kanonirlar"ning apellyaciyasini qanoatlantirmadi.
Shu tariqa, Douman Angliya Premer-ligasidagi navbatdagi uchta uchrashuvni - "Liverpul", "Xall Siti" va "Nyukasl"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.



