

Turinliklar joriy mavsumda A Seriyaning 9 ta uchrashuvida 14 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 8-pog'onasidan joy olgan.
"Jamoa tarkibi zaif. Bu futbolchilar oq-qora libosni kiyishga loyiq emas. Turin go'yo hamma narsaga beparvo shaharga aylanib qoldi: jamoa mag'lub bo'ladi, ammo hech narsa sodir bo'lmagandek, hamma xotirjam yuraveradi.
Barcha ayb faqat Spallettida, deb o'ylashdan oldin, jamoaning sifatiga va nimalar qurilganiga nazar solgan bo'lardim. Albatta, Spalletti ham mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak", - dedi Di Livio.



