Messi sobiq jamoasiga qaytishga yaqin

30 okt 2026, 07:32
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi yoshlikda akademiyasida to'p surgan "Nyuells Old Boyz" klubiga o'tishga "hech qachon bunchalik yaqin bo'lmagan".

39 yoshli forvard 2027 yilning yanvarida Argentina klubi futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Estadio 3 xabar bermoqda.

Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning dekabr oyi oxirigacha mo'ljallangan. Argentinada yangi futbol mavsumi 2027 yil yanvar oyi oxirida boshlanadi.

Messi 2023 yilning yozidan beri "flamingolar" tarkibida to'p surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida hujumchi barcha turnirlarda 122 ta o'yinda maydonga tushib, 106 ta gol va 58 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Estadio 3