LIVE. JCH. Fransiya - Senegal 1:0 (matnli translyatsiya)

17 iyun 2026, 00:55
2026 yilgi Jahon chempionatining I guruhi 1-turidan o'rin olgan Fransiya va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi bahsning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatishingiz mumkin.

JCH, I guruhi, 1-tur

Fransiya - Senegal 1:0

Gollar: 66 - Kilian Mbappe

Fransiya: 16. Mik Menyan, 5. Jyul Kunde, 17. Vilyam Saliba, 4. Deotshankyul Upamekano, 19. Teo Ernandes, 8. Orelen Chuameni, 14. Adrien Rabo, 20. Dezire Due, 11. Maykl Olise, 7. Usman Dembele, 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 1. Bris Samba, 23. Roben Risser, 2. Malo Gyusto, 3. Lyuka Din, 15. Ibraima Konate, 21. Lukas Ernandes, 26. Maksans Lakrua, 6. Manu Kone, 13. N'Golo Kante, 18. Uorren Zair-Emeri, 24. Rayan Sherki, 25. Magnes Akliush, 9. Markus Tyuram, 12. Bredli Barkola, 22. Jan-Filipp Mateta.

Senegal: 16. Eduard Mendi, 19. Mussa Nyakate, 25. El-Xaji Malik Diuf, 3. Kalidu Kulibali, 15. Krepen Diatta, 5. Idrissa Geye, 26. Pap Geye, 8. Lamin Kamara, 18. Ismaila Sarr, 11. Nikolas Jekson, 10. Sadio Mane.

Zaxira: 1. Yevann Diuf, 23. Mori Dio, 2. Mamadu Sarr, 4. Abdulaye Sek, 14. Ismail Yakobs, 24. Antuan Mendi, 6. Pate Siss, 17. Pape Matar Sarr, 21. Xabib Diarra, 22. Bara Ndiaye, 7. Assane Diao, 9. Bamba Deng, 12. Sherif Ndiaye, 13. Iliman Ndiaye, 20. Ibragim Mbaye.

69. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

68. GOL! Jeksonning ajoyib zarbasi golga aylandi, biroq ushbu vaziyatda u o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.

67. Birinchi bo'limdan mutlaqo farq qilmoqda ikkinchisi. Xo'sh, buyog'iga Senegal qanday harakat qiladi?

gettyimages-2281938639-2048x2048.jpg

66. GOL! Mbappe hisobni ochdi! Olisening zargarona uzatmasini Kilian darvozaga yo'lladi va gol urdi!

64. Olise Mbappega yaxshi uzatma bergan edi, biroq “Real” hujumchisi to'pga eta olmadi.

61. Yo'q, hech qanday penalti belgilanmadi. Burchak zarbasi ham yo'q.

60. Ali Rizo Fag'oni monitorni borib ko'rmoqda. Hayajonli lahzalar…

59. Holat VARda ko'rilmoqda. Mane Mbappeni yiqitgan bo'lishi mumkin.

58. Kilian jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam Fag'oni esa bu vaziyatda qoida buzilmaganini bildirdi.

56. Mbappe zo'r vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Mendidan yana bir super seyv!

55. Jekson o'ziga uzatilgan to'pni to'g'rilay olmadi, Upamekano yaxshi harakat qildi.

53. Olisa jarima maydonchasiga kirib borib, darvozaga zarba berdi, Mendi ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi!

52. Sarr oldinga yurish qilgandi, biroq Saliba undan ildamroq harakat qilib, to'pni olib qo'ydi.

47. Duening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+6. Sarr juda qulay vaziyatdan darvoza tomon zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi… zo'r vaziyat uvol ketdi…

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

40. Manening uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Menyan qaytardi.

📊 35. Qiziq fakt: xG bo'yicha ustunlik - 0,2 - 0,24

26. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

gettyimages-2281319798-2048x2048.jpg

25. Jekson!!! Senegallik hujumchi chapdan oldinga yurish qilib darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi…

19. Fransiya tomonidan nihoyat zarba bo'ldi, biroq bu senegallik himoyachilardan o'tmadi. Hozircha xavfli vaziyat ko'rmadik ikki tomonda ham.

7. Nyakate oldinga yurish qilgandi, biroq francuz himoyachilari yaxshi harakat qilib, to'pni olib qo'yishdi.

2. Dastlabki daqiqalarda afrikaliklar faol boshladi, dastlabki hujum ham ular ijrosida bo'ldi.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati I guruhi 1-turidan o'rin olgan Fransiya va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi bahsning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia