Patrik Vieyra qozoq jamoasini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
Fransiyalik sobiq futbolchisi va murabbiyi Patrik Vieyra Shimkentning "Ordabasi" klubi bosh murabbiyi lavozimiga jiddiy nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda.

"Ordabasi" taniqli murabbiy bilan aloqaga chiqqan. Mutaxassis salmoqli summa talab qilgan. Klub rahbariyati murabbiyni Qozog'istonga olib kelishga tayyor.

Biroq amaldagi murabbiyni birinchi turdan keyinoq ishdan bo'shatish ham unchalik to'g'ri ko'rinmaydi", – dedi sharhlovchi Oljas Baybosin.

49 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida Angliyaning "Kristal Pelas" va "Manchester Siti" klublarida, shuningdek, Italiyaning "Jenoa" hamda Fransiyaning "Strasbur" va "Nicca" jamoalarida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fonteam