O'zbek klublarining "Al Nasr" bilan o'yinlardagi statistikasi qanday?

Iskandarov Abdulaziz
12 okt 2026, 08:59
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bugun Elit OCHL doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

Raqib Saudiya Arabistonining “Al Nasr” jamoasi. O'zbek klublari bunga qadar mazkur jamoa bilan jami 7 marotaba to'qnash kelgan. Bu o'yinlarda raqiblar 4 g'alabani tantana qilgan bo'lsa, 3 ta bahsda durang qayd etilgan. Ko'rinib turibdiki, klublarimiz hali “Al Nasr”ni yutishning uddasidan chiqa olmagan.

OCHL-2011. “Paxtakor” - “Al Nasr” 2:2

OCHL-2011. “Al Nasr” - “Paxtakor” 4:0

OCHL-2015. “Al Nasr” - “Bunyodkor” 1:1

OCHL-2015. “Bunyodkor” - “Al Nasr” 0:1

OCHL-2016. “Al Nasr” - “Bunyodkor” 3:3

OCHL-2016. “Bunyodkor” - “Al Nasr” 0:1

OCHL-2019. “Al Nasr” - OKMK 4:0

Ma'lumot uchun, “Al Nasr” - “Neftchi” uchrashuvi 23:15 da start oladi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia