

"Koul yana statistika qayd etmoqda, golli uzatmalar beryapti va hal qiluvchi gollarni uryapti. Uning o'zini isbotlashi kerak. Trentga nisbatan ham xuddi shu narsa amal qiladi. Ular terma jamoa yig'iniga kelib, o'zlarining eng yaxshi versiyasini ko'rsatishlari kerak", - dedi Tuxel.
Tuxel Trentning Jahon chempionatiga chaqirilmagani haqida ham gapirdi.
"O'zingizni ko'rsatishingiz kerak. U Jahon chempionatida biz bilan birga bo'lmadi, biz boshqa futbolchilarga ishondik. Men hali ham o'sha qarorimni himoya qilishga tayyorman. Endi u tarkibdan joy olish uchun kurashishi va o'zini isbotlashi kerak. Bizda uzoq yig'in bo'ladi va ishonamanki, u o'zini ko'rsata oladi.
Terma jamoaga chaqirilish - yaxshi jihat, Angliya uchun maydonga tushish esa mutlaqo boshqa masala. Futbolchilar hozir, jamoaga qaytgan paytda o'zlarini ko'rsatib, tarkibdagi o'rinlarini mustahkamlashlari kerak", - deya qo'shimcha qildi Tuxel.



