

Argentinalik posbon “Siti”ning asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummaning o'rinbosari bo'lishi rejalashtirilgan. Rulining o'zi ham Angliyaga ko'chib o'tishga qarshi emas.
Qizig'i shundaki, u ilgari ham “Manchester Siti” a'zosi bo'lgan: 2016 yilning avgustida klub Urugvayning “Maldonado” jamoasidan futbolchi huquqlarini 4,7 million evroga sotib olgan va o'sha paytning o'zidayoq uni Ispaniyaning “Real Sosedad” klubiga ijaraga bergandi. 2016 yilning dekabrida Ruli ijaradan qaytgan, 2017 yilning yanvar oyida esa “Sosedad”ga 7 million evro evaziga sotib yuborilgan.

Xeronimo o'tgan mavsum “Marsel” tarkibida 39 o'yinda maydonga tushib, shulardan 9 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Qolgan 30 uchrashuvda esa 52 ta to'p o'tkazib yubordi. Rulining francuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt uning transfer qiymatini 6 million evroga baholamoqda.


