

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, ingliz klubi 22 yoshli hujumchi Gonsalo Garsiya uchun 35 million funt sterling, 21 yoshli yarim himoyachi Sesar Palasios uchun esa 8,5 million funt sterling to'laydi.
Qayd etilishicha, ikkala transfer ham "Real"ni boshqargan "Fulxem" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
Gonsalo La Liganing o'tgan mavsumida 30 ta o'yin o'tkazib, o'rtacha 31 daqiqa maydonda bo'lgan va 6 ta gol urgan.
Palasios o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 5 ta o'yin o'tkazdi.



