

14-turning eng yaxshi darvozaboni - O'tkir Yusupov (“Navbahor”)
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov “Neftchi”ga qarshi vodiy derbisida o'zining praym davrlarini hammaga eslatdi (1:1). U bir qator vaziyatlarda namanganliklarni yaqqol gollardan qutqardi, biroq mezbon “Neftchi” 90+7-daqiqada baribir uning darvozasiga yo'l topdi. Shunday qilib, gol o'tkazib yuborganiga qaramay, 35 yoshli posbon tur darvozaboni sifatida etirof etildi.

14-turning eng yaxshi murabbiyi - Islom Ahmedov (“Andijon”)
“Andijon” bu tur o'z uyida Aleksandr Xomyakov qo'l ostidagi “Buxoro” bilan to'qnash kelib, ishonchli hisobda g'alaba qozondi (2:0).
Mazkur bahsda andijonliklar “Bobur Arena”da ancha mazmunli o'yin ko'rsatib, 3 ochkoni o'ziniki qildi. Shu tariqa, “Andijon” bosh murabbiyi Islom Ahmedov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

14-turning eng yaxshi futbolchisi - Anvar Hojimirzaev (“Dinamo”)
“Dinamo” ortda qolgan turda “Qo'qon-1912”ni mehmon qilib, 3:2 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Samarqandliklarning tajribali hujumchisi Anvar Hojimirzaev bahsda dubl qayd etib, to'purarlar poygasida yetakchi bo'lib oldi (9 ta gol). Shu tariqa, aynan “tilla bola” turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

14-turning eng chiroyli goli muallifi - Muhammadali Usmonov (“Navbahor”)
“Navbahor” vingeri Muhammadali Usmonov “Andijon” bilan o'yinning 3-daqiqasida darvoza chap burchagiga erlatib zarba yo'llab darvozani ishg'ol etdi. Aynan shu gol turdagi eng chiroylisi sifatida qayd etildi.




