

Ammo buning uchun futbolchi to'liq tuzalishi va optimal formaga kirishi talab etiladi.
“L’Equipe” nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Zinedin Zidan “Real”ning 31 yoshli himoyachisining mahoratini hamon yuqori baholaydi va uni yana terma jamoaga chaqirishga tayyor. “Uchranglilar”ning yangi ustozi Mendini himoyaning chap qanotida muhim figura sifatida ko'rmoqda.
Himoyachi jarohatidan so'ng to'liq tiklanishi va avvalgi jismoniy holatini qaytarishi kerak. Agar bu amalga oshsa, Zidan uni jamoaning asosiy chap qanot himoyachisiga aylantirmoqchi. Bu holat uzoq davom etayotgan reabilitaciya davrida futbolchi uchun kuchli motivaciya bo'lishi mumkin.

Mendi ilgari ham Zidan qo'l ostida o'ynagan. Fransiyalik mutaxassis “Real”da ishlagan davrda himoyachi jamoaning asosiy vakillaridan biri bo'lgan va murabbiy talablarini juda yaxshi tushungan. Agar u avvalgi sport formasiga qayta olsa, ushbu omil Mendining foydasiga xizmat qiladi.



