Manba: "Paxtakor" Ayman Hussaynga qancha to'laydi?

admin
30 iyul 2026, 15:45
Iroq terma jamoasi va “Al Karma” klubi hujumchisi Ayman Hussayn faoliyatini “Paxtakor” klubida davom ettirishga yaqin turibdi.

Toshkentliklar 29 yoshli hujumchi bilan 6 oyga 600 ming dollarlik dastlabki kelishuvga erishgan.

Futbolchi Iordaniyaning "Al Hussayn" jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun yaqin orada Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, “Paxtakor”da ikki iroqlik futbolchi - Bashar Resan va Zaid Tahsin o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Independent Press Agency