Kolo-Muani yana "Yuventus"ga qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2026, 19:50
“Yuventus” PSJ hujumchisi Randal Kolo-Muani transferini yakunladi, deb xabar berdi insayder Fabricio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Turinliklar 27 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqda. Kelishuv qiymati 45 million evrodan ortiqqa baholanmoqda. Shu haftada futbolchi shartnoma imzolash uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Kolo-Muani 2024/25 yilgi mavsum “Yuventus”da ijara asosida to'p tepgandi. 2025/26 yilgi mavsumni esa “Tottenxem” libosida o'tkazib, 41 o'yinda 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano