Abramov va Haydarov Namangan viloyati hokimi bilan uchrashdi

Alisher
20 mar 2021
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va O'FA Terma jamoalar bo'limi boshlig'i Aziz Haydarov kecha Namangan shahrida bo'ldi

O'FA vakillari Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov bilan uchrashib, O'zbekiston MTJning Markaziy stadionida o'tadigan o'rtoqlik o'yini bo'yicha suhbat qurdi.

Uchrashuvda 26 mart sanasida Gana terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan bahsga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish masalalari muhokama etildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Gana xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi Namangandagi Markaziy stadionida 26 mart soat 18.00 da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz