Sergey Lushchan: "Hozir siqilishdan foyda yo'q, bu o'yin ortda qoldi"

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2026, 22:39
OKMK hamda "Mashal" o'rtasidagi Superliganing 14-tur o'yinidan (2:1) so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Sergey Lushchan: “Biz uchun og'ir o'yin bo'ldi. OKMK o'yinda total ustunlikka ega bo'lishini bilardik. Ketma-ket uchinchi bahs himoyadan o'ynashga harakat qilyapmiz. Boshqa yo'limiz ham yo'q. Keraksiz chetlatish sodir bo'ldi, ammo futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Hozir siqilishdan foyda yo'q. Bu o'yin ortda qoldi, Superligada jon saqlab qolish uchun oldimizda 10ta bahs bor.

- “Mashal” ikkinchi davrani juda yaxshi boshladi. Hozirgi og'ir sharoitda jamoa motivaciyani qayerda olyapti?
- Bilmayman. Biz motivaciya oldik deb o'ylamayman. Yigitlarga o'z taklifimizni berdik, ular qabul qilishdi. Yigitlarga zarracha etiroz yo'q. Birinchi o'yin yaxshi bo'ldi, ikkinchi bahsda bazi kamchiliklarga yo'l qo'ydik. Bugun bitta vaziyatdan tashqari deyarli himoyada o'ynadik. Biz oxrigi 10ta turga reja qilganmiz. Sentyabrdan boshlab bor kuchni ishga solishga harakat qilamiz. Hozir yigitlar ishlashyapti, o'rganishyapti. To'g'ri xulosa chiqarsak, hammasi yaxshi bo'ladi. Ortiqcha gapdan foyda yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia