Aleksandr Xomyakov: "Raqibning golidan so'ng ochilishga majbur bo'ldik"

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2026, 01:39
"Andijon" - "Buxoro" uchrashuvidan (2:0) so'ng buxoroliklar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Aleksandr Xomyakov: “Bahs birinchi golgacha davom etishi tushunarli edi. O'zimizga burchak to'pi olib keldik va gol o'tkazib yubordik. Shundan keyin ochilishga majbur bo'ldik va raqibda zonalar hamda vaziyatlar paydo bo'ldi. Hujumda yaxshi o'ynay olmadik. 0:1 vaqtida golga yaqin kelgandik, ammo vaziyatdan foydalana olmadik”.

- “Buxoro” oxirgi ikkita bahsni yaxshi o'tkazgandi, ammo bugun “Andijon” bilan kutilganidek o'ynay olmadi?
- Hech narsa bo'lgani yo'q. “Andijon” golgacha ko'p vaziyat yaratmadi. Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Biz yomon o'ynadik deya olmayman. Ha bazi vaziyatlardan foydalana olmadik, hujum rejasi amalga oshmay qoldi, lekin yigitlarga etirozim yo'q. Borimizni berdik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia