O'zbekiston futzal MTJ Fransiyaga yutqazdi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2024, 18:15
O'zbekiston futzal terma jamoasi "Klerfonten" futbol markazida Fransiya futzal termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida qatnashdi.

Unda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'zbekistonning yagona goliga 6-daqiqada Abror Ahmedzyanov mualliflik qildi.

Fransiya – O'zbekiston 3:1

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 1.Ravshan Eliboev, 3.Abror Ahmedzyanov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov.

Zaxira: Abbos Elmurodov, Sunnat Anvarov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Elbek To'lqinov, Akbar Usmonov, Fazliddin Botirov, Mehroj Xudoyberdiev, Samariddin Berkinov.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати