“Paxtakor” hujumchisi “Dinamo”ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
7 avg 2026, 16:45
"Paxtakor" a'zosi Rustam Turdimurodov faoliyatini Samarqandda davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

“Rustam Turdimurodov Samarqandning “Dinamo”siga o'tishga yaqin.

Futbolchi legioner bo'lishni ham xohlamoqda”, – deyiladi xabarda.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum “sherlar” safida 13 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia