Argentina futbol assotsiatsiyasi Infantinoni qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2026, 16:25
Argentina futbol assotsiatsiyasi FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

“Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va uning Ijroiya qo'mitasi nomidan sizga, hurmatli prezident va siz orqali FIFA rahbariyatiga murojaat qilib, so'nggi 10 yil davomida sizning rahbarligingizda amalga oshirilgan ishlarga o'z xayrixohligimizni bildiramiz. Bu ishlarning asosiy yo'nalishlari butun dunyoda futbolni rivojlantirish va aniq, barqaror hamda shaffof boshqaruv modeli asosida institucional tuzilmani mustahkamlash bo'ldi.

Keng muhokamalarga sabab bo'lgan so'nggi voqealar munosabati bilan, eng boshidanoq futbol jamoatchiligida ishonchdan ko'ra ko'proq savollar va noaniqliklarni keltirib chiqargan loyihani amalga oshirishdan voz kechish haqidagi mamuriyat qarorini alohida takidlashni lozim topdik. Shu munosabat bilan ushbu jarayonda yo'l qo'yilgan xatolarning tan olingani va FIFAga a'zo 211 ta federatsiyaga yo'llangan murojaatda kechirim so'ralganini takidlash muhimdir”, – deyiladi tashkilotning rasmiy saytidagi bayonotda.

Assotsiatsiyaning takidlashicha, boshqaruv tamoyillariga rioya qilish FIFA, unga a'zo tashkilotlar va konfederatsiyalar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashning asosiy omili hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: afa.com.ar