Olis masofadan darvoza to'qqizligini poylagan xavbek, dubl qayd etgan hujumchi. Proligada 13-turning eng yaxshilari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2026, 16:00
4-5 avgust kunlari O'zbekiston Proligasida 13-turdan o'rin olgan 7 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Nematilla Qutiboev (“Aral”)

Proliga yetakchisi “Aral” ortda qolgan turda o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini mehmon qilib, minimal g'alabaga erishdi - 1:0. Bellashuvda mezbonlar ancha ishonchli va mazmunli o'yin ko'rsatishdi. Bunda bosh murabbiy Nematilla Qutiboevning o'rni katta. Championat.asia sayti xuddi o'tgan turdagi kabi aynan Qutiboevni eng yaxshi murabbiy sifatida etirof etdi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (9).jpg

Tur futbolchisi - Abdurahmon Abdullaev (“G'azalkent”)

“G'azalkent” bu turda o'ziga tengdosh jamoa Respublika FA bilan bahs yuritib, raqib darvozasiga naqd 7 ta to'p kiritdi (7:0). Uchrashuvda hujumchi Abdurahmon Abdullaev katta sahnaga chiqib, dublni rasmiylashtirdi. Aynan uning say-harakatlari evaziga “G'azalkent” ham penalti ishladi, ham raqib futbolchisi qizil kartochka oldi. Shu tariqa, Championat.asia xodimlari aynan Abdullaevni tur futbolchichi deb topishdi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (8).jpg

Tur darvozaboni - Ozodbek Marupov (“Yaypan”)

"Yaypan” bu turda “Lochin” bilan 0:0 o'ynadi. Yaypanliklar posboni Ozodbek Marupov bahs mobaynida bir qator vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan asradi va darvozani “quruq” saqladi. Shunday qilib, jamoasi mag'lubiyatga uchramasligida katta hissa qo'shgan Marupov Championat.asia ijodkorlari talqinida 13-turning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (8).jpg

Tur goli - Behruz Shodmonov (“BuxDU”)

“BuxDU” bu turda “Sho'rtan” bilan to'qnash kelib, 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. E'tiborlisi, buxoroliklar sardori bahsda dubl qayd etdi. Uning har ikki goli chiroyli chiqdi - birinchisi uzoqdan jarima zarbasi orqali, ikkinchisi olisdan darvoza to'qqizligiga. Championat.asia sayti ikkinchi golni tur goli sifatida belgiladi. Quyida golni ko'ring va zavqlaning.

Pro liga eng Tur goli kopiya (9).jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia