Flik va Yamal Rodrini “Barselona”ga taklif qilishdi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2026, 13:25
Kataloniyaliklar “Real” bilan yarim himoyachi Rodrini safiga qo'shib olish borasidagi kurashda g'olib chiqmoqchi.

“The Touchline” nashrining “Sport” jurnalisti Karlos Monfortga tayanib xabar berishicha, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “ko'k-anorranglilar” loyihasini tushuntirish va yarim himoyachini klubga o'tishga ko'ndirish uchun Rodriga shaxsan qo'ng'iroq qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu qo'ng'iroq vaziyatni o'zgartirib yubordi: “Real” bilan muzokaralarda siljish bo'lmaganidan so'ng Rodri endi “Barselona”ga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyor.

Rodri bilan “Barselona” futbolchilari, jumladan, Lamin Yamal ham klub haqida gaplashgan. Futbolchilar 30 yoshli yarim himoyachini “Kamp Nou”ga ko'chib o'tish imkoniyatini ko'rib chiqishga chaqirishgan.

Hozirda Rodri barcha variantlarni atroflicha o'rganmoqda. “Barselona” esa transferning moliyaviy masalalarini hal qilishga kirishishdan oldin aniq javob olmoqchi.

Rodrining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline