

Kataloniya klubi ma'lumotiga ko'ra, 15 avgust kuni Tanjer shahrida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan bahs Ispaniyaning Seuta shahrida yuzaga kelgan migraciya inqirozi sabab bekor qilingan.
"Hozirgi noaniq vaziyat va shakllangan sharoitni inobatga olgan holda, klub ushbu uchrashuvni o'tkazishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi", - deyiladi "Barselona" rasmiy bayonotida.
"Mundo Deportivo" nashrining ma'lum qilishicha, mazkur o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etgani uchun "Barselona" 4,5 million evro daromad olishi kerak edi.
Eslatib o'tamiz, 30 iyul kuni Ispaniyaning Afrika shimolida joylashgan avtonom hududi - Seuta shahrida ommaviy migraciya inqirozi boshlangan edi. Marokash bilan chegaradosh bo'lgan ushbu hududga o'n minglab noqonuniy muhojirlar kirib keldi. Keyinchalik ularning katta qismi ixtiyoriy ravishda Marokashga qaytgan.



