Dortmundning "Borussiya" klubi o'rtoqlik o'yinida Yaponiya jamoasiga yutqazdi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2026, 19:19
Yaponiyaning Tokio shahridan bo'lgan "Sereso" va Germaniyaning Dortmund shahrining "Borussiya" klublari ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

O'yin Yaponiyaning Osaka shahridagi "Nagai" stadionida bo'lib o'tdi. Bellashuv Osiyo jamoasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Yagona gol uchrashuv boshida urildi. Sakkizinchi daqiqada "Sereso" hujumchisi Solomon Sakuragava nemis jamoasi darvozasini ishg'ol qildi.

25 iyul kuni "Borussiya" o'rtoqlik uchrashuvida Dyusseldorfning "Fortuna"siga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi. 18 iyul kuni dortmundlik klub yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Oberxauzenning "Rot-Vayss" klubini mag'lub etgandi (3:1).

O'rtoqlik o'yini

“Sereso Osaka” - “Borussiya” D 1:0
Gol: Solomon Sakuragava 8.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia