“Al Ittihod” uch mavsumdan so'ng Fabino bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2026, 15:10
“Al Ittihod” 2023 yilning yozidan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan Fabinoning jamoadan ketganini rasman e'lon qildi.

“U yulduz sifatida kelib, kamtarligini saqlab qoldi, jamoani ishonch bilan oldinga boshlab bordi va klubni chin dildan sevib qolgan inson sifatida ketdi”, – deyiladi “Al Ittihod” murojaatida.

Jidda klubi braziliyalik futbolchining mehnatga bo'lgan munosabati va jamoadoshlariga ko'rsatgan ta’sirini alohida etirof etdi. Yarim himoyachi maydonda va undan tashqarida professionallik namunasi deb ataldi. Klub, shuningdek, Fabino jamoaning buyuk g'alabalari davrida sardorlik bog'ichini taqib tushganini eslatib o'tdi.

O'z navbatida, braziliyalik futbolchi muxlislarga iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi va jamoa sharafini faxr bilan himoya qilganini ta'kidladi.

Fabino Saudiya Arabistoni klubiga 2023 yilning yozida “Liverpul”dan o'tgandi. U 2024/25 yilgi mavsumda jamoa bilan birga Saudiya Arabistoni chempionati va Qirol Kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/ittihadclub.sa