

“Sky Sports” ma'lumotlariga qaraganda, 36 yoshli braziliyalik hujumchi o'rin olgan investorlar konsorciumi Angliyaning “Nortgempton Taun” klubining nazorat paket akciyalarini sotib olish bo'yicha yakuniy kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Muzokaralar ilg'or bosqichda ekani va har ikki tomon yaqin orada barcha huquqiy rasmiyatchiliklarni hal qilishga harakat qilayotgani ma'lum qilingan. Potencial yangi investorlar klubni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishgan va jamoa infratuzilmasiga sarmoya kiritishni rejalashtirishmoqda.
Takidlash joizki, Pato faoliyati davomida “Milan”, “Chelsi”, “Vilyarreal”, “San-Paulu” va “Orlando Siti” kabi jamoalarda to'p tepgan, shuningdek, Braziliya terma jamoasi safida 27 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.
“Nortgempton” o'tgan mavsum Angliyaning 1-ligasida ishtirok etgandi, ammo murakkab mavsumdan so'ng turnir jadvalida oxirgi o'rinni egalladi va ushbu mavsumda 2-ligada kurash olib boradi.



