Kozlov, Abdumajidov, Dumbuya, Boake diskvalifikaciya qilindi, bir qator jamoalar vakillari jarimaga tortildi - Tartib-intizom qo'mitasi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2026, 14:21
Joriy yilning 4 avgust sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi, Proliga, Birinchi liga hamda U-19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

“Surxon” - “Dinamo”

Superliga 13-turi doirasidagi “Surxon” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 61-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Amadu Dumbuya to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining himoyalanmagan qismini bosib olgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Amadou Doumbouyaga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

“Andijon” – “Paxtakor”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida to'psiz vaziyatda “Andijon” futbol klubi futbolchisi Martin Boake “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidovning yuziga boshi bilan zarba berganidan so'ng “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Martin Boakening yuziga qo'li bilan zarba berib javob qaytargani uchun ikki futbolchiga qizil kartochkalar ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Martin Boakega nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.

Superliga chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 80-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Nemanya Chalasan qizil kartochka ko'rsatilganidan so'ng, maydonni tark etayotib Liganing bosh homiysi nomi tushurilgan arkani tepib shikast etkizgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Nemanya Chalasanga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

Super liga chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv so'ngida “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Xojimat Erkinov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan bo'lsa-da, texnik hududda harakatlanib, maydon markazida turgan uchrashuv hakamlari oldiga borganligi aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 60-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Hojimat Erkinovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

Superliga chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 75-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi murabbiyi Emillian Karas hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi murabbiyi Emillian Karasga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Buxoro” – “Lokomotiv”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 34-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Aleksey Kozlov tirsagi bilan raqib jamoa futbolchisining yuziga urgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Aleksey Kozlovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

Superliga chempionatining 15-turi doirasidagi “Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 39-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi murabbiyi Sadriddin Abdullaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi murabbiyi Sadriddin Abdullaevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Mashal” – “So'g'diyona”

Superliga chempionatining 15-turi doirasidagi “Mashal” – “So'g'diyona” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 70-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi murabbiyi Ulug'bek Bakaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi murabbiyi Ulug'bek Bakaevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Navbahor” – OKMK

Superliga chempionatining 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 58-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi vakili Baxtiyor Ismailov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubi vakili Baxtiyor Ismailovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga chempionatining 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 60-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Avazbek O'lmasaliev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Avazbek O'lmasalievga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Andijon” – “Surxon”

Super liga chempionatining 12-turi doirasidagi “Andijon” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 85-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Otabek Boymurodov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“So'g'diyona” – “Neftchi”

Superliga chempionatining 13-turi doirasidagi “So'g'diyona” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 29-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Lupcho Doriev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Lyupcho Dorievga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga chempionatining 13-turi doirasidagi “So'g'diyona” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 29-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi murabbiyi Ulug'bek Bakaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi murabbiyi Ulug'bek Bakaevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Nasaf” – “Qizilqum”

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi “Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Diyorbek Abdunazarov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Diyorbek Abdunazarovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Neftchi” – “Navbahor”

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi “Neftchi” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 68-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Ikrom Alibaev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Ikrom Alibaevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Dinamo” – “Qo'qon-1912”

Super liga chempionatining 14-turi doirasidagi “Dinamo” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Behruzbek Oblaqulov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Behruzbek Oblaqulovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Proliga

“Yaypan” – “FarDU”

Proliganing 12-turi doirasidagi “Yaypan” – “Farg'ona DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “Farg'ona DU” futbol klubi futbolchisi Ibodjon Abelfazov to'p uchun kurashda tizzasi bilan raqib jamoa futbolchisining elkasiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Farg'ona DU” futbol klubi futbolchisi Ibodjon Abelfazovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

“TerDU” – “Kattaqo'rg'on”

Proliganing 12-turi doirasidagi “TerDU” – “Kattaqo'rg'on” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 59-daqiqasida “Kattaqo'rg'on” futbol klubi futbolchisi Abubakir Ashurov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining qorin qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Kattaqo'rg'on” futbol klubi futbolchisi Abubakir Ashurovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

“G'azalkent” – “Metallurg”

Proliganing 11-turi doirasidagi “G'azalkent” – “Metallurg” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 29-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi murabbiyi Ilxom Muminjanov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Metallurg” futbol klubi murabbiyi Ilxom Mo'minjonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Olimpik-MobiUz” – “TerDU”

Proliganing 11-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” – “TerDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 53-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Bunyodbek Rahimov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Bunyodbek Rahimovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Kattaqo'rg'on” – “Yaypan”

Proliganing 11-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on” – “Yaypan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90-daqiqasida “Yaypan” futbol klubi murabbiyi Rashidjon G'ofurov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Yaypan” futbol klubi murabbiyi Rashidjon G'ofurovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Sho'rtan” – Respublika FA

Proliganing 12-turi doirasidagi “Sho'rtan” – “Respublika FA” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 82-daqiqasida “Sho'rtan” futbol klubi murabbiyi Aktam Berdiev hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Sho'rtan” futbol klubi murabbiyi Aktam Berdievga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Paxtakor FJ” – “Olimpik-MobiUz”

Proliganing 12-turi doirasidagi “Paxtakor FJ” – “Olimpik Mobiuz” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 56-daqiqasida “Paxtakor FJ” futbol klubi murabbiyi Mixail Spiridonov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor FJ” futbol klubi murabbiyi Mixail Spiridonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

“Yaypan” – “FarDU”

Proliganing 12-turi doirasidagi “Yaypan” – “Farg'ona DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Farg'ona DU” futbol klubi murabbiyi Ulug'bek Ismoiljonov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Farg'ona DU” futbol klubi murabbiyi Ulug'bek Ismoiljonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Proliganing 12-turi doirasidagi “Yaypan” – “Farg'ona DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 57-daqiqasida “Yaypan” futbol klubi futbolchisi Akbarxon Ibroximxonov hakam qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Yaypan” futbol klubi futbolchisi Akbarxon Ibroximxonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

U-21 chempionati

“Andijon” U-21 – “Surxon” U-21

U-21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Andijon” U-21 – “Surxon” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 76-daqiqasida “Andijon” U-21 futbol klubi futbolchisi Fazliddinxo'ja Ubaydullaev to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining oyog'ini bosib olgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Fazliddinxo'ja Ubaydullaevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

“Nasaf” U-21 – “Qizilqum” U-21

U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi “Nasaf” U-21 – “Qizilqum” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Qizilqum” U-21 futbol klubi futbolchisi Doston Tursunov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining son qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Doston Tursunovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy choralari qo'llanilsin.

“Navbahor” U-21 – OKMK U-21

U-21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Navbahor” U-21 – OKMK U-21 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvda “Navbahor” U-21 futbol klubi uchrashuvni tashkil qilishda Reglament talablarini bajarmaganligi, jumladan, maydon o'rilgandan so'ng tozalanmagani, to'p olib turuvchi bolalar kelmagani, Liga gimni uchrashuv avvalida qo'yilmagani va Liga bayrog'i maydonga olib chiqilmagani holatlari aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

U-21 chempionatining 13-turi doirasidagi “Navbahor” U-21 – “Qizilqum” U-21 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvda “Navbahor” U-21 futbol klubi uchrashuvni tashkil qilishda Reglament talablarini bajarmaganligi, jumladan, uchrashuvdan oldin uchrashuv komissari takidlashiga qaramasdan darvoza ustunlari pastki va orqa qisimlar taritibga solinmagani va maydon o'rilmagani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

“BuxDU” U-19 – “Buxoro” U-19

U-19 chempionatining 6-turi doirasidagi “BuxDU” U-19 – “Buxoro” U-19 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvda “BuxDU” U-19 jamoasi murabbiyi uchrashuv qaydnomasiga uchrashuvga tashrif buyurmagan shifokorni kiritib Reglament talabini buzganligi aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “BuxDU” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

“Lokomotiv” U-19 – “Lochin” U-19

U-19 chempionatining 6-turi doirasidagi “Lokomotiv” U-19 – “Lochin” U-19 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvida “Lochin” U-19 jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda Reglament talablarini qisman bajarmaganligi, jumladan, darvoza setkalari yaroqsiz xolga kelib qolgani, oqibatda uchrashuv mobaynida qiyinchiliklarga duch kelingani va maydon chiziqlari talab darajasida chizilmagani holatlari aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif