Ozarbayjon. "Sabah" g'alaba qozondi, Umarali Rahmonaliev asosiy tarkibda maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2026, 00:32
Ozarbayjon Premer-ligasining 29-turi doirasida "Sabah" o'z maydonida "Karvan" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur bahsni hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev "Sabah"ning asosiy tarkibida boshladi. Yarim himoyachimiz maydonda faol harakat qildi va 57-daqiqada o'z o'rnini Kaxi Parrisga bo'shatib berdi.

Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo'lim boshida hal bo'ldi. 49-daqiqada Mbina hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay, 55-daqiqada Aaron Maluda oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

Ozarbayjon Premer-ligasi. 29-tur

"Sabax Baku" - "Karvan" 2:0

Gollar: O. Mbina (49), A. Maluda (55).

Chetlatishlar: G. Tompson (36), A. Isaev (64).

Ozarbayjon chempionati jadvali




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia