Eron JCH-2026ga tayyorgarlikdagi cheklovlar sababli FIFAga shikoyat qiladi

19 iyun 2026, 16:00
Eron milliy terma jamoasi Los-Anjeles okrugida bo'lib o'tadigan jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Belgiyaga qarshi o'yindan (21 iyun) ikki kun oldin Meksikaning Tixuana shahridagi mashg'ulot bazasini tark etib, AQSHga uchib ketmoqchi edi.

Biroq, Eron futbol federatsiyasi (FFIRI) ushbu so'rov rad etilganini ma'lum qildi.

"Eron terma jamoasining turnirga tayyorgarlik rejasi oldindan taqdim etilganiga qaramay, jamoamiz tashkilotchilar tomonidan joriy etilgan cheklovlarga yana bir bor duch keldi. Bu esa murabbiylar shtabi rejalarining amalga oshishiga salbiy ta’sir ko'rsatdi. FFIRI rasmiy ravishda o'z noroziligini bildiradi va tegishli kanallar orqali FIFAga shikoyat arizasi kiritadi", - deya Eron futbol federatsiyasi matbuot kotibining so'zlarini Daily Mail nashri iqtibos sifatida keltiradi.

O'xshash yangiliklar