Osiyo Kubogi saralash bahslari sabab "Respublika FA"ning ikki o'yini qoldirildi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 11:54
Joriy yilning 20 avgust – 6 sentyabr kunlari U20 Osiyo kubogining saralash bahslari bo'lib o'tadi.

Mazkur yoshdagi terma jamoaning 9 nafar futbolchisi Respublika futbol akademiyasi klubi a'zolari sanaladi.

Shu sababli, Proliga reglamentining 9.8 bandiga asosan Respublika FAning 16-turdan o'rin olgan “BuxDU” hamda 17-tur doirasidagi “Olimpik Mobiuz” klublariga qarshi bellashuvlari qoldirildi. Mazkur uchrashuvlarning yangi sanalari haqida qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz