

"Qarg'alar" 24 yoshli futbolchini shu yozda Londonning "Arsenal" klubiga o'tib ketgan Bruno Gimaraynsga potencial o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.
Gonsales 2025 yilning fevral oyidan beri "shaharliklar" tarkibida harakat qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Gonsalesning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 20209 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln evroni tashkil etadi.


