Turkiya to'purari. Eldor Shomurodovning 2025/26 mavsum Turkiya Superligasidagi barcha gollari
Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 12:49
Turkiya chempionati o'yinlari sharhini Yutubda namoyish qiluvchi beIN Sports Turkiye "Istanbul Bashakshexir" hujumchisi Eldor Shomurodovning o'tgan mavsumdagi barcha gollari videosini taqdim etdi.
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi o'tgan mavsum 22 ta gol urib, Turkiya Superligasida “Trabzonspor” forvardi Pol Onuachu bilan birinchi o'rinni bo'lishgan edi.