

ESPN dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilari reytingini tuzib chiqdi. Respondentlarga 2025/26 yillar mavsumidagi o'yinlaridan kelib chiqib, o'z poziciyasidagi eng yaxshi futbolchilarni nomlash taklif etildi. Shu bilan birga, ro'yxatdan mavsumning salmoqli qismini jarohat sababli o'tkazib yuborgan futbolchilar ham joy oldi – bu ularning avvalgi mavsumlardagi o'yinlari evaziga bo'ldi. Futbolchilarning JCH-2026'dagi ishtiroki hisobga olindi, ammo birinchi darajali rol o'ynamadi – butun mavsum davomidagi o'yin muhimroq edi. Uzoq masofadagi muvaffaqiyatlar Chempionlar Ligasi kabi kamroq o'yin o'tkaziladigan turnirlarga qaraganda yuqoriroq baholandi. ESPN talqiniga ko'ra eng yaxshi fulbeklarning Top-20ligi quyidagicha ko'rinish oldi:
Ashraf Hakimi ("PSJ", Marokash terma jamoasi)
Nunu Mendesh ("PSJ", Portugaliya terma jamoasi)
Yurrien Timber ("Arsenal", Niderlandiya terma jamoasi)
Federiko Dimarko ("Inter", Italiya terma jamoasi)
Mark Kukurelya ("Real"/"Chelsi", Ispaniya terma jamoasi)
Denzel Dumfris ("Real"/"Inter", Niderlandiya terma jamoasi)
Jyul Kunde ("Barselona", Fransiya terma jamoasi)
Pero Inkapie ("Arsenal", Ekvador terma jamoasi)
Aleks Grimaldo ("Atletiko"/"Bayer", Ispaniya terma jamoasi)
Niko O’Rayli ("Manchester Siti", Angliya terma jamoasi)



